Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Esmoil Bag‘oiy Qatar va Saudiya Arabistonida MOSSAD agentlari qo‘lga olinganini, ular ushbu davlatlar hududida bomba o‘rnatganini ma’lum qildi.
«Men bir necha bor “begona bayroq ostidagi operasiyalar” haqida ogohlantirganman. Amerikani Eronga qarshi urushga — ikkinchi bor — muvaffaqiyatli ravishda tortayotganini o‘ylayotgan tomon, aniqki, hech qanday jinoyatdan tiyilmaydi», dedi u.