Eron Ekspertlar kengashi halok bo‘lgan Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mojtabo Xomanaiyni yangi oliy rahbar etib sayladi.
Eron muxolifatiga yaqin Iran International telekanali ma’lum qilishicha, Mojtabo Xomanaiy Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining nomzodi hisoblanadi.
Manbalarning aytishicha, bu qaror Islam inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) bosimi ostida qabul qilingan.
Ma’lumot hali rasman taqdiqlangani yo‘q.
Qayd etish kerak, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bilan har qanday murosalarga qarshi va "g‘alabagacha urush" pozisiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.