Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil Eron infratuzilmasiga qarshi hujumlar tugatilganini e’lon qildi

Isroil Eron infratuzilmasiga qarshi hujumlar tugatilganini e’lon qildi

Isroil Mudofaa Kuchlari Eron infratuzilmasiga bir qator zarbalarni amalga oshirdi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.

Zarbalar Tehron va Isfahonda amalga oshirildi.

"Isroil armiyasi Eron tomonidan qurol-yarog‘, xususan, ballistik raketalar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan sanoat ob’ektlarini nishonga oldi. Isfahonda parallel ravishda amalga oshirilgan zarbalar davomida Isroil ballistik raketa tizimi bilan bog‘liq o‘nlab nishonlarga, jumladan, uchirish moslamalari va raketa saqlash joylariga zarba berdi", deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Isroil Eronning ballistik raketalari bilan bog‘liq ob’ektlariga zarba berishda davom etadi.

Kiritildi: 22:25 03.03.2026. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!