Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Hindiston Eronga xiyonat qildimi?

Hindiston Eronga xiyonat qildimi?

Hindiston Milliy Kongressi yetakchisi Sonia Gandi Bosh vazir Narendra Modi rahbarligidagi hukumatni G‘arbiy Osiyo siyosatida bir tomonlama yo‘l tutganlikda aybladi. Uning fikricha, Nyu-Dehli Isroil bilan yaqinlashuvni ustuvor qo‘yib, Tehron bilan shakllangan strategik aloqalarga putur yetkazmoqda. Bu haqda APP yozdi.

Gandi qo‘shma AQSH-Isroil zarbalari ortidan Eron Oliy rahbari Ali Homanaiy nishonga olingani yuzasidan Hindistonning rasmiy munosabati sust bo‘lganini qayd etgan. U bu pozisiyani betaraflik emas, balki tashqi siyosatdagi mas’uliyatdan chekinish sifatida baholagan. Sobiq partiya raisi Dehlining dastlabki bayonoti faqat Eronning javob harakatlariga e’tibor qaratgani, ilk zarbalar haqida esa ochiq fikr bildirilmaganini tanqid qilgan.

“Suverenitet va xalqaro huquq tamoyillari borasida aniq pozisiya yo‘qligi mamlakatning xalqaro nufuziga ta’sir qiladi”, degan rasmiy.

Gandi, shuningdek, Eronning Chabahor porti va mintaqaviy transport loyihalari orqali Hindiston manfaatlariga qo‘shgan hissasini eslatgan. U parlament sessiyasi qayta boshlanganda hukumat pozisiyasi ochiq muhokama qilinishi lozimligini urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ikki kunlik tashrif bilan Isroilga borgan edi

Kiritildi: 21:32 03.03.2026. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!