"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘ijduvon tumani "Sarmijon" MFYda joylashgan “N.O.J.” xusussiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzin hamda dizel yonilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 74,5 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Shuningdek, ushbu AYOQShdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi ham aniqlanib, 52,6 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifasiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.