Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ni muqaddam Buxoro pedagogika institutida o‘qituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda fuqaro F.R. tanishi R.SH. orqali 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro SH.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:06 26.07.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!