Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoro shahrida 546 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Buxoro shahrida 546 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida joylashgan "S." xususiy korxonasiga qarashli oshxona hisoblagichsiz tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 546 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:54 16.10.2025. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!