Qozog‘istonning Atirau viloyati sudi 7 yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblangan 36 yoshli erkakka nisbatan hukm chiqardi.
Bu haqda Qozog‘iston OAVlari Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
"Sud sudlanuvchini voyaga yetmagan bolani zo‘rlash, zo‘ravonlik va jabrlanuvchining nochorligidan foydalanib sodir etish, shuningdek, voyaga yetmaganni qasddan o‘ldirishda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi”, — deyiladi sudda.
2025 yil iyun oyida Qulsari shahrida 7 yoshli qizaloq Kursoy daryosi bo‘yida sayr qilib, uyiga qaytayotganida adashib, mast erkakka duch kelgan. U unga uyga yo‘l ko‘rsatishni va unga hamroh bo‘lishni taklif qildi. So‘ng qizga jismonan tajovuz qilib, zo‘rlagan va daryoga cho‘ktirgan.