Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv qo‘l siqish va “Trampning tabassumi” bilan boshlangan, biroq yopiq eshiklar ortida “iliqlik tezda yo‘qolgan”.
Xabarda aytilishicha, Putin Qo‘shma Shtatlar prezidentining o‘t ochishni to‘xtatish evaziga sanksiyalarni yumshatish taklifini rad etib, mojaro faqat Ukraina Moskvaning talablarini bajargandagina yakunlanishini ta’kidlagan.
So‘ngra Rossiya prezidenti Kiyevning uzoq tarixi haqida ma’ruza qilishni boshlab, knyazlar – Ryurik, Yaroslav Donishmand, shuningdek, XVII asrdagi kazak atamani Bogdan Xmelniskiyni tilga olgan. Bu esa Trampni asabiylashtirgan.