Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazmda terimchilar uchun qo‘shimcha haq joriy etildi

A A A
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazmda terimchilar uchun qo‘shimcha haq joriy etildi

Joriy yil 5 oktyabrdan Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida terilgan har bir kilogramm paxta uchun 100 so‘mdan qo‘shib beriladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Mazkur hududlarda oldin paxta pullariga qo‘shimcha nazarda tutilmagandi.

Qo‘shimchalar berib borilayotgan Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoning ayrim tumanlarida mavjud to‘lovlar o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur qo‘shimchalar Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan to‘langani sababli qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan yakuniy hisob-kitobda inobatga olinmaydi.

Ma’lumot uchun, hozir terilgan har bir kilogramm paxta uchun joylarda kontraktasiya shartnomasining bajarilganlik hajmiga qarab 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha haq to‘lanmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 15:08 08.10.2018. O'qildi: 1708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik