Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro hokimligi tomonidan kechqurun 22:00 da o‘tkazilgan videoselektor borasida ma’lumot berildi

A A A
Buxoro hokimligi tomonidan kechqurun 22:00 da o‘tkazilgan videoselektor borasida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan 2021 yil 21 aprel kuni soat 22:00 da qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotganligi yuzasidan maqola e’lon qilindi. 

Mazkur xabar bo‘yicha Buxoro viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlar ishdan tashqari ish vaqtida majlisga jalb qilinayotganligi haqida Buxoro viloyati hokimiyatining mutassaddilari bilan holat yuzasidan bog‘lanildi hamda mazkur yig‘ilishning mehnat qonunchiligiga zid ravishda tashkillashtirilganligi haqida ogohlantirildi. 

Natijada, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan yig‘ilish o‘tkazilishi bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelganligi va holat bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lum qilindi.  

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligida monitoring o‘tkazilganda, yig‘ilish o‘tkazilmayotganligi aniqlandi.

Kiritildi: 10:30 22.04.2021. O'qildi: 3155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!