Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Butun dunyo va ilk bor O‘zbekiston ham bugun "ko‘k tusga kiradi"

Butun dunyo va ilk bor O‘zbekiston ham bugun "ko‘k tusga kiradi"

Maktabgacha ta’lim vazirligi binosi ham ko‘k rang bilan yoritilgan. Bu hamjihatlik va birdamlik belgisidir, deyiladi vazirlik xabarida. 

Bu yil O‘zbekiston Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayramga va “Dunyoni ko‘k rangga bo‘yash” aksiyasiga qo‘shildi. Yurtimiz shaharlarida ko‘k ranggda yoritilgan binolarni ko‘rishi mumkin. 

“Xalqlar do‘stligi”, “Turkiston” va Simpozium saroylari, “Poytaxt” biznes markazi, “A.Navoiy” nomidagi katta akademik teatri, O‘zbekiston tarix muzeyi, “Milliy” stadion, Xamid Olimjon maydonidagi 16 qavatli binolar, Xalqaro aeroport, Maktabgacha talim vazirligi hamda boshqa madaniy diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy, zamonaviy majmualari ham ko‘k rangda.Bularning barchasi bolajonlarimizga e’tirof ramzidir.

20 noyabr kuni Butunjahon bolalar kuni nishonlanadi.Ushbu sana 1954 yilda BMT tomonidan e’lon qilingan va yosh avlodning farovon hayotini ta’minlash uchun dunyo hamjamiyati e’tiborini jalb qilishga qaratilgan. Aynan shu sanada 1959 yil Bosh assambleya tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklarasiya, so‘ng 1989 yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan. 

Kiritildi: 09:53 20.11.2020. O'qildi: 6961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!