Avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining Jurakbau o‘rmon bo‘limida taxminan soat 11:20 larda yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik.
Yong‘in soat 12:30 larda qurshab olingan. Hozirda Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining 150 nafardan ziyod, FVV hududiy organlarining 150 nafar, Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘ining 20 nafardan ziyod xodimlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun o‘rmon xo‘jaligining 5 dona suv tashuvchisi (vodovoz), Avtoyo‘lning 2 dona suv tashuvchisi, FVV hududiy bo‘limining 4 dona yong‘in o‘chirish ekipaji, 2 dona maxsus motopompasi, qurolli kuchlarning 2 dona vertolyoti hamda 14 dona boshqa texnikalari jalb etilgan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilinadi.