Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Bo‘stonliqda tabiat qo‘ynidan 8 bosh lochinni ovlab, respublikamizdan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi

Bo‘stonliqda tabiat qo‘ynidan 8 bosh lochinni ovlab, respublikamizdan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi

Bojxonachilar Bo‘stonliqda tabiat qo‘ynidan 8 bosh lochinni ovlab, respublikamizdan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslarni to‘xtatib qolishdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs "Oqtosh" qo‘riqlov punktida davlat chegarasini buzib o‘tgan holda harakatlanayotganida to‘xtatib qolindi.

Bu esa bejiz emas edi – ushbu shaxsning yonidagi sumka belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning ichida 8 bosh tirik lochin qushlari borligi aniqlandi.

Noqonuniy ravishda olib o‘tilayotganda atrofdagilarga sezdirmaslik uchun qushlarga nisbatan shafqatsiz muomala qilingan – qushlarning ko‘z va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan, qanotlari esa skotchlangan, shuningdek, tor hajmdagi sumkaga zichlab joylangan.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lochinlar O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Hozirda qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:35 23.09.2025. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!