Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Burun to‘sig‘ining qiyshiqligi qanday kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin?

Burun to‘sig‘ining qiyshiqligi qanday kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin?

Burun – nafas olish tizimining darvozasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘pkaga kiruvchi havoni isitish va tozalashdan iborat. Burun to‘sig‘ining qiyshiqligi ushbu a’zo faoliyatiga salbiy ta’sir etib, organizmda jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

👨‍⚕️ Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ulug‘bek Hasanov quyida batafsil ma’lumot beradi.

😀— Burun to‘sig‘i – uning o‘ng yoki chap tomonini ajratib turuvchi devor bo‘lib, to‘qimalar va suyakdan tashkil topgan, — deydi mutaxassis. — Oddiy hollarda u simmetrik bo‘lishi va burun ichidagi havoni ikki qismga taqsimlashi lozim. Ammo ko‘pincha va turli sabablarga ko‘ra, burun to‘sig‘i bir tomonga qiyshayib qoladi.

😀 Ta’kidlash kerak, bu holat otorinolaringologiyada eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri hisoblanadi. Uning kelib chiqishiga bir necha omillar sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, ayrim insonlarda tug‘ilganidanoq burun to‘sig‘i og‘gan bo‘ladi. Bu esa ko‘pincha genetik yoki ona qornidagi mexanik ta’sirlar tufayli yuzaga keladi.

Shuningdek, u turli jarohatlar, burunning suyak-tog‘ay sistemasi yuz suyaklariga nisbatan tezroq o‘sishi hamda polip va o‘smalar tufayli ham paydo bo‘ladi. Qiyshiqlik shakli, joylashgan joyi, uzunligi va burundan nafas olishning buzilishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.

🔹 Kasallik bir necha belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Avvalo, burun to‘sig‘i bir yoki ikki tomondan qiyshiq bo‘lsa, ushbu a’zo orqali nafas olish murakkablashadi. Oqibatda havo oqimi to‘g‘ri bo‘lmagani bois inson faqat og‘iz orqali nafas olishga majbur bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, burun chig‘anoqlarida qonning dimlanishiga, u esa to‘qimaning shishiga olib keladi.

✅ Shuningdek, burun bitishi, undan shilliq va shilliq-yiringli ajralma kelishi, bosh og‘rig‘i, tomoq qurishi, hid bilishning pasayishi va quloqlarning bitishi ham burun to‘sig‘i qiyshiqligining asosiy belgilaridir.

😷 Agar ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, burun va uning yondosh bo‘shliqlarida turli kasalliklar, jumladan, angina, surunkali tonzillit, sinusit, faringit, laringit, o‘rta quloqdagi turli asoratlar, bronxial astma, miokardit, bronxit, pnevmoniya, yuz-jag‘ sohasda deformasiyalar yuzaga kelishi mumkin.

‼️ Burun to‘sig‘ining qiyshiqligini aniqlash uchun otorinolaringolog (LOR)ga murojaat qilish lozim. Shifokor maxsus qurilmalar yordamida burun ichidagi holatni tekshirib, kerakli tahlillarni o‘tkazadi. Agar muammo jiddiy bo‘lsa, bemorga operasiya – septoplastika tavsiya qilinadi. Mazkur xirurgik amaliyot bemorning nafas olishini to‘liq yaxshilaydi. (https://telegra.ph/file/31c6c324f98d958b049e4.png)

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kiritildi: Bugun 16:55. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!