Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

"Bunyodkor" stadionidagi tartibsizliklar haqida rasmiy ma’lumot berildi

"Bunyodkor" stadionidagi tartibsizliklar haqida rasmiy ma’lumot berildi

Joriy yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalarining o‘yinini tomosha qilish uchun tashkil etilgan Bunyodkor stadionidagi fan-zonada belgilangan joylar to‘lganligi va bo‘sh o‘rinlar qolmaganligi munosabati bilan, soat taxminan 21:00larda stadionga kirish to‘xtatilib, tashrif buyurgan fuqarolarga boshqa tumanlardagi fan-zonalarga borish tavsiya etilgan.

Bu borada ayrim fuqarolar norozilik bildirib, o‘rnatilgan tartibga zid ravishda stadionga kirishga harakat qilishgan.

Stadionda aholi xavfsizligini ta’minlash uchun jalb etilgan IIO va MG shaxsiy tarkibi tomonidan tezkorlik bilan jamoat tartibi tiklangan. Tartibni buzishga harakat qilgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularning barchasi rasmiy ogohlantirilganlar.

Kiritildi: 17:26 24.06.2026. O'qildi: 3609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!