Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha Tegishli nazorat organiga ma’lumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
O‘zbekiston Respublikasi «Reklama to‘g‘risida«gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq, Qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.