Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bugun Shahobiddin Zoirov Dubayda ringga chiqadi

Bugun Shahobiddin Zoirov Dubayda ringga chiqadi

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi "The Agenda" majmuasida boks bo‘yicha "IBA Chempionlar oqshomi" musobaqasi o‘tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida charm qo‘lqop ustamiz Shahobiddin Zoirov ham ringga ko‘tariladi. 31 yoshli hamyurtimizga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qiladi.

Eng yengil vazn toifasida tashkil etiladigan jang IBA Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi. Bundan tashqari, jangning 5-raundigacha nokaut orqali g‘olib bo‘lgan bokschi IBA prezidenti Umar Kremlyov tomonidan 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tish joiz, Zoirov so‘nggi jangini oktyabr oyida aynan IBA Pro tasnifidagi musobaqa doirasida ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Bu ispan bokschisini avvalroq, Toshkentdagi turnirda Hasanboy Do‘smatov ham mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 13:01 06.12.2024. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!