Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 4 sportchi raqobatga kirishadi

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 4 sportchi raqobatga kirishadi

Xitoyning Jiangshan shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ham asta sekin poyoni sari yaqinlashmoqda.

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun qi’ta birinchiligida 4 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun bahslarga kirishadi.

Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 11:48 da ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida "A" guruh bellashuvlari start oladi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini ikki vakilamiz - Nigora Suvonova hamda Tursunoy Jabborova himoya qiladi.

Shuningdek, soat 15:48 dan boshlab erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida yana ikki hamyurtimiz - Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘rayev hamda Sharofiddin Amriddinov bahslarga kirishadi.

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 4 sportchi raqobatga kirishadi

Kiritildi: 12:00 14.05.2025. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!