Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bugun G‘afur G‘ulom haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi

A A A
Bugun G‘afur G‘ulom haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi

Bugun soat 19:00 da Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men o‘zbek shoiriman” hujjatli filmining bo‘lib o‘tadi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premyeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.

“Men o‘zbek shoiriman” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan.

Kuni kecha Bobur va Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho‘lpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:46 08.09.2021. O'qildi: 2736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik