Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqa Yevropa yetakchilari, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 4 sentyabr, payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qiladi.
Bu haqda Agence France-Presse Yelisey saroyiga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat Ukrainaga yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lganlar koalisiyasi yig‘ilishidan so‘ng 14:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda "Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari" muhokama qilinadi.