Magnit bo‘ronining avj pallasi soat 18:00 dan 20:00 gacha to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Mutaxassislar ogohlantirishicha, ob-havo ta’sirchan odamlarda bosh og‘rig‘i, bosimning ko‘tarilishi, holsizlik va hatto surunkali kasalliklar kuchayishi mumkin.
Bunday kunlarda ko‘proq iliq suv ichishni, stressdan qochishni, ko‘proq dam olishni va qon bosimini nazorat qilishni unutmang.