Bugun Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi.
Bugungi kun dasturidan faqatgina bir nafar bokschimizning ishtiroki o‘rin olgan. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Nigina O‘ktamova bahslarda ishtirok etadi. -54 kg vaznli bokschi qizimiz musobaqadagi ilk jangini qozog‘istonlik Elina Bazarovaga qarshi o‘tkazadi.
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.