AQShda prezidentlik saylovlari boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi.
Amerika hisobot byurosiga ko‘ra, 5 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlar o‘zining 60-prezidentini saylaydi, u mamlakatni keyingi to‘rt yil davomida boshqaradi.
Saylov respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamala Xarris o‘rtasida keskin kurash bo‘ladi. Kim g‘olib bo‘ladi - Tramp yoki Xarris? Butun mamlakatning diqqat-e’tibori bu masalaga qaratilgan bo‘lib, mahalliy OAV saylovchilarni saylov uchastkalariga borishga chaqirmoqda.
Mahalliy ekspertlar keskin raqobat sharoitida o‘tayotgan saylov jarayoni natijalarini oldindan aytish qiyin.
Muddatidan oldin ovoz berish 26 oktabrda boshlangan. Nyu-Yorkdagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 5:00 dan 20:00 gacha ochiq. Muddatidan oldin ovoz berishda 78 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi.
Saylovlar, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda qonunlar qabul qilishda muhim rol o‘ynaydigan Vakillar palatasi va Senatning uchdan ikki qismini yangilaydi.
Pensilvaniya, Nevada, Michigan, Shimoliy Karolina, Jorjiya, Arizona va Viskonsin shtatlari saylov natijalarini aniqlaydi.
Polisiya yuqori shay holatga keltirilib, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.