Bugun Antaliya shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an raisligida COP31 yetakchilar sammiti bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda 95 ta davlatdan 102 nafar davlat va hukumat rahbari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ochilish marosimida Rajab Toyyib Erdog‘an Turkiyaning iqlim strategiyasini taqdim etadi. Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va COP31 sammiti raisi, Turkiyaning atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum ham nutq so‘zlaydi.
Dastur doirasida Turkiyaning yetti mintaqasi xalq raqslarini yagona xoreografik kompozisiyada namoyish etuvchi «Anadolu Ateşi» raqs jamoasining chiqishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga Turkiya COP31 sammitining asosiy g‘oyasi sifatida ilgari surgan «Amaliy harakatlar COP sammiti» konsepsiyasiga bag‘ishlangan maxsus film namoyish etiladi.
Shuningdek, sammitning «Let's COP» deb nomlangan rasmiy qo‘shig‘i taqdim etiladi.