Belarus prezidentligiga qayta saylangan Aleksandr Lukashenkoning inaugurasiya marosimi bugun, 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat MSKga asoslanib BelTA xabar berdi.
Marosim mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi 3 fevral kuni Belarus prezidentligi uchun saylov yakunlarini e’lon qilgan va unga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 86,82 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgandi.
Aleksandr Lukashenko 1994 yildan buyon Belarusdagi eng oliy davlat lavozimini egallab kelmoqda, navbatdagi prezidentlik muddati — qatorasiga yettinchisi.