Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bu tasodifga o‘xshamaydi: Trampning muzokarachisi Putinni 8 soat kutdi

Bu tasodifga o‘xshamaydi: Trampning muzokarachisi Putinni 8 soat kutdi

AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoffga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishdan oldin 8 soat kutishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Britaniyaning Sky News telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning bosh muzokarachisi deb ataladigan Uitkoff Moskvada taxminan 12 soat bo‘lgan. U Rossiya poytaxtiga Ukraina bilan 30 kunlik tinchlik kelishuvi haqida Putin bilan muzokara olib borish uchun tashrif buyurgan.

"Biroq u payshanba kuni tushga yaqin yetib kelgach, Kremlga chaqirilgunga qadar kamida sakkiz soat bekor o‘tirishga majbur bo‘ldi. Prezident Putin, chamasi, bir kun oldin e’lon qilingan shoshilinch tashkil etilgan davlat tashrifi uchun kelgan boshqa mehmon - Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashish bilan juda band edi," - deyiladi xabarda.

Telekanal muxbiri Lukashenkoning tashrif vaqti ataylab tanlanganini qat’iy ayta olmasa-da, bu "aniq tasodifga o‘xshamasdi" deb ta’kidladi.

Shu bilan birga, Uitkoff va Putin o‘rtasidagi uchrashuv qancha vaqt davom etgani va unda nima haqida so‘zlashilgani telekanal uchun noma’lum qolgan.

Sky News'ning ta’kidlashicha, Uitkoff Moskvani "Putinning roziligi bilan emas, balki talablar ro‘yxati bilan" tark etgan bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Kiritildi: 20:41 15.03.2025. O'qildi: 1878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!