Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bu restoranda ozg‘inlar bepul ovqatlanishi mumkin, qachonki...

A A A
Bu restoranda ozg‘inlar bepul ovqatlanishi mumkin, qachonki...

Xitoyning Szinan shahridagi restoranlardan biri mehmonlarga bepul ovqat va ichkilik taklif qiladi. Agar ular restoranga kirishda o‘rnatilgan tor metall panjara orqali o‘ta olishsa, deya xabar bermoqda “segodnya.ua”.

Restoran egasi Chjao Lang bu ishni nafaqat iste’molchilarni jalb qilish uchun, balki ularning parhezga e’tibor berishlari va keyinchalik ortiqcha vazndan qiynalmasliklari uchun amalga oshirdi.

Restoranning kirish qismiga turli xil kenglikdagi metall panjaralar qo‘yib chiqilgan. Misol uchun, 15 sm li eng kichik bo‘shliqdan o‘tgan kishiga kechqurun ovqat va ichkilik bepul beriladi.

 

Kiritildi: 06:53 14.05.2018. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik