"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold klubni tark etishini ma’lum qildi.
Futbolchining tan olishicha, u butun faoliyatini "Liverpul"da o‘tkazgani uchun ketish qarorini qabul qilishda qiynalgan.
"Men barchaga - murabbiylarimga, menejerlarimga, jamoadoshlarimga, xodimlarimga va ajoyib muxlislarimizga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman. Bu yerda orzularimni ro‘yobga chiqarish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bu klubga bo‘lgan muhabbatim hech qachon o‘lmaydi," - deydi Trent ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.