Bu haqda Reuters xabar berdi
Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas prezident Sandu bilan uchrashuvdan so‘ng, bir qator Yevropa davlatlarida hokimiyat almashganidan keyin Kishinyov uchun YEIga a’zolik yo‘lida "qulay sharoitlar" yuzaga kelganini ta’kidladi.
"Biz hali aniq sanani belgilamadik, lekin tezkor harakat qilishimiz kerakligi kunday ravshan. Hozirda YEIning birorta ham davlati Moldovaning a’zoligiga qarshi emas, biroq ayrim davlatlarda hukumatlar almashganidan keyin vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Qachon ikki tomonlama muammosi bo‘lgan hukumat hokimiyat tepasiga kelishini hech kim bilmaydi", – deydi Kallas
Shuningdek, Bryusselda Pridnestrovyedagi "muzlatilgan nizo" Moldovaning Yevropa Ittifoqiga integrasiyasi uchun to‘siq bo‘lmasligi kerak deb hisoblashmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda YEI Ukrainani tezlashtirilgan tartibda qabul qilishga qarshi chiqmoqda.