Arxeologlar bronza davrida kannibalizm (odamxo‘rlik) bo‘lganini isbotlovchi dalillarni topishdi.
Somersetda 50 yil avval topilgan suyaklar to‘plami ibtidoiy Britaniya eng qonli qirg‘inlarga guvoh bo‘lganini tasdiqlaydi, deb yozdi The Guardian Oksford universiteti professori Rik Shultingga asoslanib.
Miloddan avvalgi 2200–2000 yillarda odamxo‘rlar qurboniga aylangan kamida 37 kishi (erkaklar, ayollar va bolalar)ning qoldiqlari Charterhaus-Uorrendagi 15 metr chuqurlikdagi shaxtada topilgan.
Aksariyat qurbonlarning bosh chanoqlari majaqlangan, oyoq va qo‘l suyalarida odam tishlarining izi saqlanib qolgan.