Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Britaniyada endilikda “jins” tushunchasi faqat biologik jins asosida talqin qilinadi

Britaniyada endilikda “jins” tushunchasi faqat biologik jins asosida talqin qilinadi

Britaniya Tenglik va inson huquqlari komissiyasi yangi tavsiyalar e’lon qildi. Endilikda “jins” tushunchasi faqat biologik jins asosida talqin qilinadi, deya xabar bermoqda BBC.

"Bu transshaxslar ayollar yoki erkaklar alohida foydalanishi uchun mo‘ljallangan joylardan masalan, hojatxonalar va kiyinish xonalaridan foydalana olmasligini anglatadi. Biroq ular uchun shunday maqsadga xizmat qiluvchi alohida joylar ajratilishi zarur", deyiladi hujjatda.

Hozircha dastlabki shaklda taqdim etilgan bu tavsiyalar asosan kasalxonalar, do‘konlar va restoranlar kabi muassasalarga qaratilgan.

Qayd etilishicha, transayollarga (biologik erkaklarga) ayollar uchun ajratilgan joylardan foydalanishga ruxsat berilmasligi kerak.

16 aprel kuni Buyuk Britaniya Oliy sudi jins tushunchasi mamlakat qonunchiligida faqat biologik jinsni anglatishini rasman e’lon qilgan edi. Shunga qaramay, Oliy sud shaxsning o‘z jinsini belgilashi mustaqil ravishda himoyalangan xususiyat hisoblanishi va transshaxslar kamsitishga duch kelmasligini kerakligini bildirgan.

"Oliy sudning mazkur qarori Buyuk Britaniya Tenglik va inson huquqlari komissiyasini 2010 yilda qabul qilingan “Tenglik to‘g‘risidagi” qonunning amaliyotiga oid tavsiyalarni yangilashga majbur etdi. Yangi tavsiyalar orasida bir jinsga mo‘ljallangan joylarga oid qoidalar birinchi qadam bo‘lib, kelgusida sport musobaqalariga oid alohida ko‘rsatmalar ham e’lon qilinishi kutilmoqda", deya xabar bermoqda BBC.

Kiritildi: 23:40 27.04.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!