Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Britaniya va Fransiya Ukrainaga qo‘shin joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Britaniya va Fransiya Ukrainaga qo‘shin joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainada urush to‘xtaganidan keyin xalqaro harbiy kuchlarni joylashtirish rejasi ustida ishlamoqda. Missiya ishtirokchilari Rossiya tomonidan hujumga uchrasa, javob o‘ti ochish huquqiga ega bo‘ladi.

The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa harbiylarining vazifasi Ukraina xavfsizligini mustahkamlash va mamlakat qurolli kuchlarini qayta tiklashga ko‘maklashishdan iborat.

Missiya hujumkor xarakterga ega bo‘lmaydi. Xorijiy harbiylar front chizig‘idan uzoqda joylashtirilishi, quroldan esa o‘zlarini himoya qilish maqsadida foydalanishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda Britaniya va Fransiya boshchiligidagi 11 davlat Polshada maxsus harbiy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularda qariyb 2800 nafar harbiy ishtirok etishi kutilmoqda.

Biroq qo‘shinlarni Ukrainaga yuborish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Missiya faqat harbiy harakatlar to‘xtatilib, zarur siyosiy va xavfsizlik shartlari bajarilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

Kiritildi: 23:47 03.11.2026. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!