Buyuk Britaniyaning sobiq islohotchi yetakchisi Natan Gill Rossiya hukumatidan pora olgani uchun 10,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Gill OAV va Yevroparlamentdagi rossiyaparast bayonotlari uchun o‘n minglab funt naqd pul olgan.
"Natan Gill moliyaviy va siyosiy manfaat ko‘zlagan holda o‘z ishonch va vakolatlarini suiiste’mol qilgan", — deya sudyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky News.
Telekanalning qayd etishicha, siyosatchi ilgari Yevroparlament deputati bo‘lgan davrida 2018 yil 6 dekabrdan 2019 yil 18 iyulgacha sakkizta poraxo‘rlik bo‘yicha aybini tan olgan.