Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Britaniya desantchilari Atlantika okeanidagi orolga xavfli virus sababli maxsus operasiya o‘tkazdi

Britaniya desantchilari Atlantika okeanidagi orolga xavfli virus sababli maxsus operasiya o‘tkazdi

Britaniyalik harbiy xizmatchilar Janubiy Atlantikadagi Tristan-da-Kunya arxipelagiga xantavirus yuqtirganlikda gumon qilinayotgan erkakka yordam ko‘rsatish uchun desant bo‘lib tushishdi.

Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyada 16-havo-desant shturm brigadasining olti nafar desantchisi va ikki nafar harbiy shifokori ishtirok etgan.

Tibbiy guruh arxipelagga A400M Atlas harbiy-transport samolyoti yordamida yetkazilgan. Bundan tashqari, orolga havodan kislorod va boshqa tibbiy yuklar tashlangan.

«Bu shu turdagi birinchi operasiya», — deya ta’kidladi Britaniya harbiy idorasi.

Qayd etilishicha, orolda kislorod yetishmovchiligi sababli, shifokorlarni havo orqali yetkazish bemorga tezkor yordam berishning yagona yo‘li bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!