Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili sun’iy intellekt asosidagi ishlanmalar mamlakat qurolli kuchlariga yanada faol tatbiq etilishini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya qo‘shinlari Estoniyada sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ushbu tizimlar avtomatik tarzda potensial tahdidlarni aniqlab, ularga qarshi qanday qurol ishlatilishi kerakligini tanlay oladi.