Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

BRIKS bankining rahbari kasalxonaga yotqizildi

BRIKS bankining rahbari kasalxonaga yotqizildi

BRIKS mamlakatlari tomonidan yaratilgan Yangi taraqqiyot banki (YADB) rahbari, Braziliyaning sobiq prezidenti Dilma Russeff kasalligi tufayli Shanxaydagi kasalxonaga yotqizildi, deya xabar beradi TASS.

Bu haqda braziliyalik deputat Joze Gimaraynsh xabar berdi.

— Shifokorlar jiddiy deb hisoblamagan xastalik tufayli Shanxay kasalxonasiga yotqizilgan (sobiq) prezidentimiz Dilma Russeffga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Folha de S. Paulo gazetasining yozishicha, Russeff qusish, bosh aylanishi va qon bosimi ko‘tarilganidan shikoyati bo‘yicha kasalxonaga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya 1 yanvardan BRIKSga raislik qila boshlagan edi. BRIKS sammiti 6-7 iyul kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:55 26.02.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!