UYEFA rahbariyati Isroil terma jamoalari va klublarini Yevropaning futbol musobaqalaridan chetlatish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqchi. Bu haqda Yevropaning ko‘plab ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.
Tashkilot ushbu masalani UYEFAga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ovozga qo‘ymoqchi. Ushbu masala qachon kun tartibiga kiritilishi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.