Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Braziliyalik sehrgar» joriy yilgi «Oltin to‘p» g‘olibiga sovrinni topshiradi

«Braziliyalik sehrgar» joriy yilgi «Oltin to‘p» g‘olibiga sovrinni topshiradi

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi afsonasi Ronaldinyo "Oltin to‘p" topshirish marosimida g‘olibni taqdirlaydi. Bu haqda El Partidazo de COPE jurnalisti Dani Xil ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar Ronaldinyoni tanlashga qaror qilganining sababi, bu yil braziliyalikning o‘zi birinchi va yagona "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganiga roppa-rosa 20 yil to‘ldi.

France Football jurnali tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimi 22 sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbir Parijda bo‘lib o‘tadi.

"Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes hisoblanadi.

Kiritildi: 18:07 20.09.2025. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!