Braziliyada onlayn-stavkalarga joriy etilgan taqiq mahalliy futbol uchun jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mamlakat futbol konfederasiyasi (CBF) 2027 yilda o‘z daromadlari 420 million realga (qariyb 80 million dollar) kamayishini prognoz qilmoqda.
Bu haqda CBF vakili Braziliya Federal oliy sudida o‘tkazilgan ochiq eshituvda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bukmekerlik kompaniyalarining bozordan ketishi homiylik shartnomalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Taqiqdan avval mamlakatning yuqori ikki divizionidagi 40 ta klubdan 27 tasining bosh homiysi bukmekerlik kompaniyalari edi. Ushbu kelishuvlarning umumiy qiymati qariyb 1 milliard realni tashkil etgan.
Konfederasiya bunday daromad manbalarining yo‘qolishi klublarni xarajatlarni qisqartirish va moliyaviy barqarorlikni saqlash uchun futbolchilarni ko‘proq sotishga majbur qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
CBF hukumatni aholi salomatligini muhofaza qilish bilan futbolning iqtisodiy manfaatlari o‘rtasida muvozanat topishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya prezidenti Lula da Silva 25 sentyabrda bukmekerlik faoliyatini taqiqlovchi hujjatni imzolagan. 6 oktyabrdan mamlakatda qonuniy onlayn-stavka platformalari faoliyati to‘xtatilgan.