Braziliya janubidagi Parana shtatida yuz bergan tornado qurbonlari soni olti kishiga yetdi.
Bu haqda shtat hukumati xabar berdi.
Eng katta zarar juma kuni kechki payt tornado sodir bo‘lgan Rio-Bonito-du-Iguasu shahrida sodir bo‘ldi. Shtat fuqarolik mudofaasi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shaharning yarmidan ko‘pi tomlari qulagan va binolarga katta darajada zarar yetgan.
Yo‘llar to‘silgan, elektr uzatish liniyalari uzilgan. Rasmiylarning xabar berishicha, 437 kishi jarohatlangan, 1000 ga yaqin aholi uylarini evakuasiya qilishga majbur bo‘lgan. Tornado qo‘shni Guarapuava shahriga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Parana davlat meteorologiya va atrof-muhit xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tornado episentrida shamol tezligi soatiga 180 dan 250 km gacha bo‘lgan.
Hukumat institutlari vaziri Gleisi Xoffman sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Adriano Masuda va boshqa federal amaldorlar bilan birgalikda yordam va infratuzilmani tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun jabrlangan hududga borishini aytdi.