Bugun 15 noyabr, 2019 yil, juma

КИР

Braziliya sobiq prezidenti Lula da Silva ozod qilindi

Braziliya sobiq prezidenti Lula da Silva ozod qilindi

Juma kuni Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Kuritibadagi federal polisiya markazini tark etdi. Sobiq preziyedent u yerda korrupsiya jinoyati uchun 19 oy qamoqda o‘tirdi.

Lula da Silvani muassasa darvozalari qarshisida ishchilar partiyasidagi sheriklari va ko‘plab tarafdorlari kutib olishdi. Ko‘p o‘tmay, siyosatchi yaqin atrofda o‘rnatilgan sahnaga chiqib, yig‘ilganlarga minnatdorlik nutqini so‘zladi. Sobiq prezident ertasi kuniyoq siyosiy faoliyatiga qaytishini va San-Pauludagi metallurglar kasaba uyushmasi bilan uchrashuv o‘tkazishini aytdi.

7 noyabr kuni Federal Oliy sudda Silvaning ishida qonunda ko‘zda tutilgan barcha holatlar bo‘yicha apellyasiyalar yakuniy ko‘rib chiqilgunga qadar ozod etilishiga qaror qildi.

74 yoshli siyosatchi bilan uchrashganlar orasida Da Silva asos solgan Ishchilar partiyasi a’zolari, shuningdek, uning raisi Glazy Xoffman ham bor edi. Sobiq prezident tarafdorlari “Lula ozod!“ deb olqishlashdi.

Lula da Silva Braziliyaning birinchi sobiq prezidenti bo‘lib, u o‘tgan yili aprel oyida korrupsiya va pul yuvishda ayblanib qamalgan edi. Aprel oyida Oliy sud siyosiy qamoq muddatini qariyb 13 yildan sakkiz yil-u 10 oygacha qisqartirdi. Sobiq davlat rahbari o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etdi.

 

Kiritildi: 19:46 09.11.2019. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!