Braziliya hukumati AQSh tomonidan joriy qilingan yangi tariflar munosabati bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) maslahatlar o‘tkazish uchun rasmiy so‘rov yubordi.
Bu haqda Folha de S.Paulo gazetasi xabar bermoqda.
Bayonotga ko‘ra, Braziliya bojlar AQShning JST doirasidagi bir qator majburiyatlarini buzadi, deb hisoblaydi. Bu 30 iyul kuni Braziliya mahsulotlariga bojlarni 50 foizga oshirish haqidagi farmonni imzolagan AQSh prezidenti Donald Trampning qaroriga ishora qilmoqda. Shu bilan birga, u strategik sohalarni, jumladan, samolyotsozlik, energetika va ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qamrab oluvchi 700 ta istisno ro‘yxatini tasdiqladi.