Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Boysundagi "Yoshlar bog‘i"ga yozuvchi Shukur Xolmirzayev nomi berildi

Boysundagi "Yoshlar bog‘i"ga yozuvchi Shukur Xolmirzayev nomi berildi

Boysundagi "Yoshlar bog‘i"ga atoqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev nomi berildi. Bu haqda Xalq deputatlari Boysun tumani kengashi qarorida aytiladi.

Qaror 2026 yil 25 mart kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra, Kadastrlar palatasi tuman filiali, tuman statistika bo‘limi tuman hokimligi bilan birgalikda nomi o‘zgarayotgan istirohat, shuningdek, yangidan nomlangan istirohat bog‘ini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni amalga oshiradi.

Hududda yangi nomlangan istirohat bog‘ining yangi nomi yozilgan ko‘rsatkich va belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Qaror e’lon qilingan kundan darhol kuchga kirishi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!