Lekin aholining tabiiy o‘sishi sekinlashib boradi. Yuqoridagi grafikda ma’lumotlar 2024-2100 yillarni o‘z ichiga olsa, bu davrda eng yuqori tabiiy o‘sish aynan 2024 yilga tegishli. 2024 yilda mamlakatimizda tug‘ilishlar hamda o‘limlar o‘rtasidagi ijobiy farq 752 mingni tashkil etgan.
BMT prognozlariga ko‘ra, 2038 yildan keyingi davrda tabiiy o‘sish 10 yil davomida biroz tezlashadi 2047 yildan keyingi davrda esa yana sekinlashish tendensiyasini namoyon qiladi.
2100 yilga borib, mamlakatimizda aholining yillik tabiiy o‘sishi 255,8 minggacha sekinlashadi. Tabiiy o‘sishning sekinlashishi o‘z navbatida fertillikning pasayib borishi hamda aholining qarishi natijasida o‘limlarning o‘sishi bilan izohlanadi.