Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bosh vazir: O‘zbekistonni yaqin 2 yil ichida katta o‘zgarishlar kutmoqda

A A A
Bosh vazir: O‘zbekistonni yaqin 2 yil ichida katta o‘zgarishlar kutmoqda

O‘zbekistonni kelgusi ikki yil ichida «katta o‘zgarishlar» kutmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda nihoyasiga yetgan o‘zbek-nemis biznes forumida ma’lum qildi.

«Hukumat O‘zbekistonda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishga qat’iylik bilan harakat qilmoqda. Ishonchim komilki, kelgusi ikki yil mobaynida mamlakatimizdagi katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz», - deya ma’lum qildi Aripov.
 
Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegasiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor. Bugun Toshkentda Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi ham yakunlandi.

Kun.uz

Kiritildi: 06:50 15.05.2018. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik