Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bosh prokuratura tasdiqlanmagan axborotni tarqatish jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi!

Bosh prokuratura tasdiqlanmagan axborotni tarqatish jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi!

So‘nggi kunlarda tergov qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tasdiqlanmagan va asossiz, shuningdek, ishonchli rasmiy manbalarga tayanilmagan ma’lumotlar keng tarqatilishi ortidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Unda qonunchilikka ko‘ra, ayniqsa, faol va katta auditoriyaga ega blogerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar ma’murlarini mas’uliyatli bo‘lishga chaqirilgan, Media vakillariga esa amaldagi qonunchilik me’yorlariga rioya etishlari shart ekanligi yana bir bor eslatilgan.

“Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!”, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Kiritildi: 23:58 27.10.2024. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!