Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Bombalar, raketalar tinchlikni ta’minlay olmaydi” — Hindiston bosh vaziri

“Bombalar, raketalar tinchlikni ta’minlay olmaydi” — Hindiston bosh vaziri

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda uning mamlakati Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishda har qanday yordamga tayyor ekanini aytdi.

Modining ta’kidlashicha, urush yechim bo‘la olmaydi.

Do‘stingiz sifatida men sizlarga doimo tinchlik avlodlarning porloq kelajagi uchun zarur ekanligini aytib kelganman. Yechim urush orqali bo‘lishi mumkin emas. Bombalar, raketalar va miltiqlar tinchlikni ta’minlay olmaydi. Biz muloqotga urg‘u beramiz, deydi Modi.

Modi Putin bilan suhbat chog‘ida uning pozisiyasini va uning “ijobiy fikrlarini” eshitganini ta’kidlagan. O‘z navbatida Putin Modiga Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilishga urinishlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Hindiston bosh vaziri 8 iyul kuni ikki kunlik tashrif bilan Moskvaga kelgan. Hindiston OAVga ko‘ra, u Ukrainadagi urushda aldanib qolgan hindistonlik fuqarolarni Rossiya armiyasi safidan chetlashtirish borasida Putin bilan kelishib olgan.

Modining Moskvaga tashrifi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan tanqidga uchragan. 8 iyul kuni Kiyevdagi bolalar shifoxonasi Rossiya raketa zarbasiga uchragan bir vaqtda so‘zga chiqqan Zelenskiy Modining harakatlariga norozilik bildirgan:

Dunyodagi eng yirik demokratik davlat rahbarining dunyodagi eng halokatli jinoyatchini quchoqlaganini ko‘rish tinchlik sa’y-harakatlariga katta umidsizlik va zarba bo‘ldi.

Kiritildi: 03:42 10.07.2024. O'qildi: 4597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!