Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha vakillari tomonidan tayyorlangan maxfiy maktubda mintaqadagi «xavfsizlik muhiti yomonlashayotgani», havo hududi buzilishi va uchuvchisiz apparatlar kirib kelish holatlari ko‘paygani qayd etilgan.
Maktubda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff 25 avgust kuni Moskvaga Rossiyani Boltiqbo‘yi NATO davlatlariga nisbatan keskinlikni kuchaytirmaslik haqida ogohlantirish uchun borgani aytilgan.
AQSh razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hatto shu kuzda NATOning qat’iyatini cheklangan harbiy kirish orqali sinab ko‘rishi mumkin.
Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari frontbo‘yi mudofaasini kuchaytirish uchun $115 mlrd ajratishni so‘ragan. Mablag‘ energiya ta’minotini himoya qilish, qurol-yarog‘ zaxiralari, boshpanalar va kiberxavfsizlikka yo‘naltirilishi kerak.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining sharqiy chegarasidagi «dron devori» hali asosan reja darajasida qolmoqda.