Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Bolgariyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Sofiya chekkasidagi Kremikovsi temir yo‘l vokzali yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketdi, deb yozadi tass.ru.

Bolgariya milliy televideniyesining temir yo‘l halokatini tekshirish xizmatiga tayanib xabar berishicha, ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa 16:00 atrofida sodir bo‘lgan. Lokomotivlarning to‘qnashishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyida tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, polisiya va temir yo‘l xizmati vakillari ishlamoqda. Voqea sodir bo‘lgan hududda temir yo‘l harakati to‘xtatilgan. Hodisa sabablari noma’lum.

Kiritildi: 11:57 17.01.2025. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!